Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanining Zarbdor mahallasidagi 5 gektar maydonda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Polvonlar bogʻi” tashkil etildi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Foto: xs.uz
Qayd etilishicha, bu tashabbus hudud ahlining oʻzidan chiqdi. Shu kuni Zarbdor va Istiqlol mahallalaridagi tadbirkorlar, saxovatpesha insonlar koʻmagi bilan 18 ta ehtiyojmand oila farzandlarining sunnat toʻylari oʻtkazib berildi. Shu munosabat bilan milliy kurash musobaqasi ham boʻlib oʻtdi.
Yakunda katta hashar uyushtirilib, “Polvonlar bogʻi”ga 5 ming tupdan ziyod mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.