Xitoyning Chendu shahrida muhim tadbirlar bo‘lib o‘tdi

Xitoyning Chendu shahrida muhim tadbirlar bo‘lib o‘tdi

02.12.2024 00:00 O'zbekiston 4

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Chendu shahrida bo'lib o'tgan mahsulotlar ko'rgazmasi, shuningdek, Tyanfu-Sichuan transchegaraviy avtomagistralida 5000-yuk mashinasi va Markaziy Osiyoga 500-poyezdning rasmiy ishga tushirish tadbirlarida ishtirok etdi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi veb sayti xabar berdi.

"Ishonchli va muntazam savdo yo'nalishlarini o'rnatish, tovar ayirboshlashni qo'llab-quvvatlash va biznes doiralar vakillariga yirik mintaqamizdagi bozorlarni o'rganishda yordam berish Markaziy Osiyo va Xitoy o'rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo'nalishlaridan biridir, – deb yozdi O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o'zining telegram kanalida. – Mahsulotlar ko'rgazmasi, shuningdek, Tyanfu-Sichuan transchegaraviy avtomagistralida 5000-yuk mashinasi va Markaziy Osiyoga 500-poyezdning rasmiy ishga tushirilishi iqtisodiy aloqalarni yana-da yaxshilash yo'lidagi amaliy qadamlarning yaqqol namunasidir". 

1733126532421_imagepng

Foto: "Dunyo" AA