Buxoro viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Buxoro viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

02.12.2024 00:00 O'zbekiston 4

Ibragimova Feruza  Bahodurxanovna boshqa ishga o'tayotgani munosabati bilan Buxoro viloyati hokimining o'rinbosari-oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig'i lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar edi.

photo_2024-12-02_09-01-45

Qayd etilishicha, Artikova Hafiza Tuymurodovna Buxoro viloyati hokimining o'rinbosari-oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig'i lavozimiga tayinlandi. 

Hafiza Artikova 1976-yil 24-dekabrda Buxoro tumanida tug‘ilgan. 1997-yilda Buxoro davlat universitetini bitirgan. Biologiya fanlari doktori, professor.

Ayni paytga qadar u Buxoro davlat pedagogika institutining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.