Chilonzor tumanidagi xonadondan 658,6 mln so‘mlik pirotexnika buyumlari aniqlandi

Chilonzor tumanidagi xonadondan 658,6 mln so‘mlik pirotexnika buyumlari aniqlandi

02.12.2024 00:00 O'zbekiston 4

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida pirotexnika buyumlarining muomalaga kiritilishining oldini olish maqsadida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirida Chilonzor tumani, “Beshqo‘rg‘on” MFY hududida yashovchi M.K.ning (muqaddam sudlangan) xonadonidan yangi yil bayrami arafasida sotish maqsadida olib kelingan umumiy bahosi 658,6 mln so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan 4 440 dona “Creative Color Smoke” nomli hamda 20 127 dona nomi yozilmagan pirotexnika buyumlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

photo_2024-11-29_10-02-53

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 250-1-moddasi (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.