Toshkent – Samarqand tezyurar temir yo‘lini qurish loyihasida turklar qatnashishga qiziqish bildirmoqda

Toshkent – Samarqand tezyurar temir yo‘lini qurish loyihasida turklar qatnashishga qiziqish bildirmoqda

05.12.2024 00:00 O'zbekiston 4

63ef15738a07f84c7d5ac87ec9227d3e

Transport vaziri Ilhom Maxkamov Turkiyaning "RÖNESANS HOLDING" boshqaruvi raisi Kamil Yanikomerog‘lu bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuvda tomonlar turk kompaniyasining mamlakatimizda DXSh asosida yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etish imkoniyatlarini muhokama etishdi.

Kamil Yanikomerog‘lu kompaniya Toshkent – Samarqand tezyurar temir yo‘lini qurish loyihasida ishtirok etishga katta qiziqish bildirayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

"RÖNESANS HOLDING" Turkiyadagi eng yirik qurilish va investitsiya kompaniyalaridan biri bo‘lib, Gollandiya, Shvetsariya, Germaniya va boshqa bir qator mamlakatlarda o‘z filiallariga ega.