O‘zbekistonda talabalar uchun qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi.
Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar o‘quvchilariga 2024/2025-o‘quv yili uchun beriladigan qishki taʼtil 2024-yilning 25-dekabridan 2025-yilning 7-yanvariga qadar (shu kuni ham) etib belgilandi.
Darslar 8-yanvar, chorshanbadan boshlanadi.
Bayram kunlari va qishki ta’til davrida talabalar turar joylarida qolayotgan talabalarning xavfsizligi va bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazishi, shuningdek, ovqatlanishi mazkur oliy ta’lim muassasasining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.