Oʻzbek polvonlari kurash boʻyicha Jahon chempionatida 72 ta medal bilan birinchi oʻrinni egalladi

Oʻzbek polvonlari kurash boʻyicha Jahon chempionatida 72 ta medal bilan birinchi oʻrinni egalladi

09.12.2024 00:00 O'zbekiston 4

Moʻgʻuliston poytaxti Ulan-Bator shahri mezbonligida oʻtgan kurash boʻyicha yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida IX, faxriylar oʻrtasida III Jahon chempionati Oʻzbekiston uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

0f1aa25c5e7e9efe4b8021e3104fc1fa1209

Foto: xs.uz

Qayd etilishicha, yigirmadan ortiq davlatning 150 nafardan ziyod yosh sportchilari ishtirokidagi bahslar sarhisobiga koʻra, Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi 32 ta (14 ta oltin, 13 ta kumush va 5 ta bronza) medalni qoʻlga kiritdi.

Faxriylar oʻrtasida oʻtgan jahon chempionatida mamlakatimizning faxriy polvonlari 4 ta oltin, 5 ta kumush, 1 ta bronza medaliga egalik qildi.

Jahon chempionatining natijalariga koʻra, 30 ta oltin, 30 ta kumush va 12 ta bronza medaliga egalik qilgan Oʻzbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 1-oʻrinni egalladi. Keyingi oʻrinlarni mos ravishda Moʻgʻuliston va Turkmaniston polvonlari band etdi.

Milliy terma jamoamiz aʼzolari bugun Toshkentga qaytib kelis