Andijonda “Lacetti”da yonib ketdi

Andijonda “Lacetti”da yonib ketdi

09.12.2024 00:00 O'zbekiston 4

9 dekabr kuni soat 16:00lar chamasida, Andijon shahar "Sanoat" mahallasida yashovchi 1972 yilda tug‘ilgan Z.X. o‘zining boshqaruvidagi “Lasetti” rusmli avtomashinasida, Andijon shahar “Pataobod” mahallasi hududidan o‘tgan A.Yo‘ldoshev ko‘chasida harakatlanib ketayotgan vaqtida, transport vositasining oldi qismida elektr sim o‘tkazgichlaridan chiqqan qisqa tutashuv oqibatida yong‘in sodir bo‘lgan. 

photo_2024-12-09_17-05-09

"Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida ushbu yong‘in shahar FVB xodimlari tomonidan to‘liq bartaraf etilgan. Ushbu yong‘in oqibatida transport vositasi moddiy zararlangan, tan jaroxati olgan shaxslar mavjud emas." deyiladi viloyat YHXB axborot xizmati xabarida.
   

Mazkur holat yuzasidan, hozirda shahar FVBning mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.