85 ming 856 dona pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasi to‘xtatib qolindi

85 ming 856 dona pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasi to‘xtatib qolindi

11.12.2024 00:00 O'zbekiston 5

Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarining bojxona boshqarmalari IIB xodimlari bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani hududida pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanuviga qarshi tezkor tadbir o‘tkazishdi.

photo_2024-12-10_10-10-47

Uning doirasida, “Spark” rusumli yengil avtotransport vositasi Dang‘ara tumani hududida to‘xtatilib belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda, avtomashinada xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 71 mln so‘mlik 3 turdan iborat jami 85 856 dona salyut va petardalar borligi aniqlandi.

Xozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.