Toshkent markazidagi yoʻllar mashinalar harakati uchun yopildi

Toshkent markazidagi yoʻllar mashinalar harakati uchun yopildi

11.12.2024 00:00 O'zbekiston 4

ebe1c49fe2f02f1df6a2722e467c2497

Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona oldidagi maydon yaqinidagi ko‘chalar Yangi yil bayrami munosabati bilan avtomobillar harakati uchun yopildi, deya xabar bermoqda poytaxt hokimligi axborot xizmati.

Cheklovlar 2024-yilning 10-dekabridan 2025-yilning 15-yanvariga qadar davom etadi.

Bu vaqt davomida quyidagi koʻchalarda avtomobillar harakati cheklanadi:

- Zarafshon koʻchasining “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi qoʻriqlash punkti va Matbuotchilar koʻchalari oraligʻidagi qismi;

- Istiqlol koʻchasining A.Temur va Buyuk Turon koʻchalari oraligʻidagi qismi;

- Buyuk Turon koʻchasining Istiqlol koʻchasi kesishmasidan Yoshlar ijod saroyigacha boʻlgan qismida avtotransport vositalari harakati cheklanadi.

Yopilgan koʻchalarning xaritadagi koʻrinishi yuqorida keltirilgan