O‘zbekiston boks terma jamoasi ikkinchi tarkib Osiyoda yetakchi bo‘ldi

O‘zbekiston boks terma jamoasi ikkinchi tarkib Osiyoda yetakchi bo‘ldi

12.12.2024 00:00 O'zbekiston 4

qI5Peb17339180288867_b

30-noyabrdan 11-dekabrgacha Tailandda bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi peshqadam bo‘ldi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati.

Unda o‘zbekistonlik erkaklar terma jamoasi umumjamoa hisobida 8 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medaliga ega chiqdi. Ayollar guruhi esa 3 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Erkaklar jamoasining yangilangan tarkibi bu natija uchun Qozog‘istonning Parijga borgan asosiy jamoasini ham, Ukrainaning kuchli tarkibini ham dog‘da qoldirdi, deyiladi xabarda.

Osiyo chempionatining umumiy medallar jamg‘arish bo‘yicha reytingida O‘zbekiston 20 ta medal bilan birinchi, Qozog‘iston ikkinchi va Tailand uchinchi o‘rinni egalladi.

Sovrindorlar (erkaklar):

Oltin medal:

  • -48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev
  • -51 kg: Asilbek Jalilov
  • -57 kg: Mirazizbek Mirzahalilov
  • -63,5 kg: Adhamjon Muhiddinov
  • -67 kg: Mujibillo Tursunov
  • -71 kg: Havasbek Asadullayev
  • -75 kg: Javohir Ummataliyev
  • -80 kg: To‘rabek Habibullayev

Kumush medal:

  • -54 kg: Shahzod Muzafarov
  • -86 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev

Bronza medal:

  • +92 kg: Jahongir Zokirov

Ayollar terma jamoasi.

Sovrindorlar (ayollar):

Oltin medal:

  • -48 kg: Farzona Fozilova
  • -52 kg: Feruza Kazakova
  • -66 kg: Navbahor Hamidova

Kumush medal:

  • -54 kg: Aziza Yakubova
  • -57 kg: Nigina O‘ktamova
  • -75 kg: Aziza Zokirova
  • +81 kg: Oltinoy Sotimboyeva

Bronza medal:

  • -50 kg: Sabina Boboqulova
  • -81 kg: Sohiba Ro‘zmetova.