O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish boshlanadi

O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish boshlanadi

14.12.2024 00:00 O'zbekiston 6

bukmeyker

foto:google Images

O‘zbekiston prezidentining “Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va o‘tkazishni tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 19 apreldagi farmoni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida hukumat qarori e’lon qilindi.

Qaror bilan internet tarmog‘ida tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni, lotereyalar tashkil etish faoliyati va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga qo‘yiladigan litsenziya talablari ham shartlari tasdiqlandi. Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni, lotereyalar tashkil etish va o‘tkazishda hamda bukmekerlik faoliyatidagi cheklovlar belgilandi. Shuningdek, bunday faoliyatni amalga oshirishga oid ayrim to‘lovlar turlari va miqdorlari tasdiqlandi.

Qarorda belgilanishicha, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Stavkalar va o‘yinchilarning yagona davlat registrini yuritadi.