foto: Statistika agentligi
O‘zbekiston avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2024-yilning yanvar-noyabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 382 ming 905 dona har xil turdagi yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Reytingda eng yetakchi avtomobil – Cobalt (149 790 dona). Damas esa ikkinchi o‘rinda – 92 011 dona.
Umuman olganda rusumlar bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha (dona):
- Tracker – 40 718 dona;
- Onix – 36 408 dona;
- Maxsus yengil avtomobillar – 23 033 dona;
- KIA – 19 328 dona;
- Gentra – 12 837 dona;
- Chery – 6 301 dona;
- Haval – 2 473 dona;
- Lada – 6 dona.