Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq Sport vaziriga oʻrinbosar tayinlandi. Karimov Avazjon Qudratillayevich endi ushbu lavozimida faoliyat yuritadi.
Qayd etilishicha, Avaz Qudratillayevich Karimov 1983-yili Toshkentda tugʻilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2006-yilda Oʻzbekiston karate milliy federatsiyasi raisining oʻrinbosari sifatida boshlagan.
Tayinlovga qadar A.Karimov Sport vazirining maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.