“Toshkent metropoliteni” DUK yangi yil bayrami kunlari yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatiladigan harakat jadvali haqida maʼlumot berdi.
Foto: xs.uz
"Xalq so‘zi" nashri veb saytining xabariga koʻra, bayram munosabati bilan poyezdlar qatnovi hamda metro ishlash vaqti quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Toshkent metropoliteni ilk marotaba 31-dekabr tonggi 05:00 dan 1-yanvar soat tungi soat 02:00 gacha yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatadi. Yaʼni, shu kuni metro bekatlari ish vaqti odatdagidan 2 soatga uzaytiriladi.
Shuningdek, qoʻshimcha dam olish kunlarida metro poyezdlarining harakat jadvali yuzasidan rejaviy ishlar amalga oshirilmoqda.