Qoʻqonda 7.5 milliard soʻmga yangi maktab foydalanishga topshirildi

Qoʻqonda 7.5 milliard soʻmga yangi maktab foydalanishga topshirildi

23.12.2024 00:00 O'zbekiston 4

Farg‘ona viloyati, Qoʻqon shahrida davlat dasturi doirasida yangidan barpo etilgan 44-umumiy oʻrta taʼlim maktabi foydalanishga topshirildi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

f7a253513dff7c57fe0ea69ef6b8c1e31223

Foto: xs.uz

Qayd etilishicha, taʼlim muassasasi qurilishi uchun davlat byudjetidan 7.5 milliard soʻm mablagʻ sarflanib, 420 oʻrinli oʻquv binosi, oshxona, sport va faollar zallari bunyod etildi.

— Bilim dargohida aniq fanlar, xorijiy tillar, kasb-hunar oʻrgatish va sport mashgʻulotlari uchun barcha sharoitlar muhayyo etildi, — deydi Qoʻqon shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Irodaxon Mirzayeva. 

Tadbirda Qoʻqon shahar sektor rahbarlari, ustozlar hamda oʻquvchilar ishtirokida “Yashil makon“ umummilliy loyihasi doirasida maktab hududiga mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.