Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga tashrif buyurdi

25.12.2024 00:00 O'zbekiston 4

Mirziyoyev,jo'nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburgga bordi. O‘zbekiston prezidenti MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi va YeOII yig‘ilishida ishtirok etadi.

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasiga bordi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.

«Pulkovo» xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.. 

Tashrif doirasida O‘zbekiston yetakchisi 25-26 dekabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi hamda Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etadi.