Toshkentda “Lixiang” yoʻl chetidagi temir toʻsiqqa urildi

Toshkentda “Lixiang” yoʻl chetidagi temir toʻsiqqa urildi

25.12.2024 00:00 O'zbekiston 4

Toshkent shahrida “Lixiang” yoʻl chetidagi temir toʻsiqqa urildi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXBga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

7b9f2d7e2995807be68be89e28574fe01225

Foto: IIBB YHXB

Qayd etilishicha, hodisa kecha, 24-dekabr kuni Toshkent shahar Yunusobod tumani Amir Temur koʻchasida soat 20:10 larda sodir boʻlgan. 1974-yilda tugʻilgan B.A. “Lixiang” avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yoʻqotib, yoʻl chetidagi temir ustunga toʻqnashgan.

Hodisa oqibatida haydovchi birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.