Oʻzbekiston futzal federatsiyasi tashkil etildi

Oʻzbekiston futzal federatsiyasi tashkil etildi

26.12.2024 00:00 O'zbekiston 6

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Oʻzbekiston professional futbol ligasi muassisligida Oʻzbekiston futzal federatsiyasi tashkil etildi, deya xabar bermoqda federatsiya matbuot xizmati.

071e5f6a6cf6d480ebd307b9d086541b1226

26-dekabr kuni federatsiyaning taqdimot marosimi oʻtkazildi. Unda OʻFA prezidenti Abdusalom Azizov soʻzga chiqib, futzal boʻyicha FIFA Jahon chempionatida Oʻzbekiston muvaffaqiyatsiz ishtirok etgani va bu futzalni rivojlantirish zarurligini koʻrsatib berganini taʼkidladi.

Tadbirda 2025-yildan eʼtiboran faoliyatini boshlaydigan Oʻzbekiston futzal federatsiyasi prezidenti etib tadbirkor,BMB Holding kuzatuv kengashi raisi Bekzod Akmalovich Mamatqulov nomzodi maʼqullandi.

Shuningdek, Oʻzsanoatqurilishbank boshqaruv raisi Aziz Akbarjonov Azizjon oʻgʻli federatsiya vitse-prezidenti, BMB Holding xodimi Maʼrufjon Abdullayev esa bosh kotib etib tayinlandi.

Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekiston futzal assotsiatsiyasi 2004-yilda tashkil etilib, 2017-yilda tugatib yuborilgan edi.