Toshkent shahridagi “110 kV L-D-Yu” elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan.
Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ matbuot xizmati xabariga ko‘ra Sergeli va Yangihayot tumanlarining ayrim hududlari iste’molchilari qisman (jami 2 750 ta) elektr ta’minotidan uzilgan.
Hozirgi vaqtda ushbu iste’molchilarni boshqa manbalardan elektr energiyasi bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.
Shuningdek, yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Ta’mirlash ishlari qisqa vaqt ichida bartaraf etilib, iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklanadi.
"Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz" deyiladi xabarda.