O‘zbekiston Prezidentining Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Prezidentining Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi

27.12.2024 00:00 O'zbekiston 4

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Sankt-Peterburg shahriga tashrifi doirasidagi tadbirlar yakunlandi.

b8b5862c-a19d-14b3-de3e-972263dde797_lists_slider_7790

Davlatimiz rahbari Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida nutq so‘zladi.

Kecha, 25-dekabr kuni O‘zbekiston yetakchisi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari amaliy tashrifini yakunlab, "Pulkovo" xalqaro aeroportidan Toshkentga jo‘nab ketdi. Oliy martabali mehmonni Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.