Falastinlik bolalar va ayollar vaqtinchalik O‘zbekistonga evakuatsiya qilindi

Falastinlik bolalar va ayollar vaqtinchalik O‘zbekistonga evakuatsiya qilindi

28.12.2024 00:00 O'zbekiston 7

Falastin,qochoq

foto:una-oic.org

O‘zbekiston yaralangan falastinlik bolalar va ayollarni hamda ularning hamrohlarini evakuatsiya qildi. Bemor falastinliklar reabilitatsiya markazlari va shifoxonalarga joylashtiriladi.

O‘zbekistonning Qohiradagi elchisi Mansurbek Qilichev ma’lum qilishicha, 26 dekabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusini amalga oshirish hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda jabrlangan 100 nafar falastinlik bolalar va ayollar va ularning hamrohlarini O‘zbekistonga evakuatsiya qilish ishlarini amalga oshirgan

U evakuatsiya qilingan falastinliklar o‘z yurtlariga qaytgunlaricha O‘zbekistonda mehmon bo‘lishlarini ta’kidladi.

Mansurbek Qilichev bu falastinliklar sog‘liqni saqlash markazlari va kasalxonalarda istiqomat qilishlarini va O‘zbekiston hukumati ularni oilalarining barcha ehtiyojlari, jumladan mehmonxonalar, maktablar, oziq-ovqat va boshqalar bilan ta’minlashini qo‘shimcha qildi.