2025-yilning ilk kunida nechta chaqaloq tug‘ilgani maʼlum boʻldi

2025-yilning ilk kunida nechta chaqaloq tug‘ilgani maʼlum boʻldi

02.01.2025 00:00 O'zbekiston 4

2025-yil 1-yanvar soat 17:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda jami 1040 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

492 nafar oʻgʻil, 548 nafari qiz tug‘ilgan. Qayd etilishicha, eng koʻp tugʻilish Fargʻona viloyatida qayd etildi - 154 nafar.

Shuningdek, hududlar kesimida tug‘ilishlar quyidagicha aks etgan:

Qashqadaryo viloyati - 119 nafar,

Toshkent shahri - 112 nafar,

Samarqand viloyati - 101 nafar,

Surxondaryo viloyati - 89 nafar band etdi.

Eng kam tugʻilish esa Navoiy viloyatida - 18 nafar.

Tugʻilganlar orasida 7 egizak bor, yaʼni 12 nafari ikki homilalik, 3 nafari esa uch homilalik egizak.

Taʼkidlanishicha, bayram kunlari respublika boʻylab 6192 nafar akusher-ginekolog, neonatolog, doya hamda hamshiralar navbatchilik asosida aholiga xizmat koʻrsatmoqda.