Isroil Madrimov WBO reytingida yuqoriladi

Isroil Madrimov WBO reytingida yuqoriladi

03.01.2025 00:00 O'zbekiston 4

Jahon boks tashkiloti (WBO) super yarimoʻrta vazn toifasidagi eng yaxshi bokschilar reytingini yangiladi. Bu haqida Oʻzbekiston professional boks federatsiyasiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar qildi.

920__95_1741612142

Ahamiyatlisi shundaki, mazkur vazn toifasida jang qiluvchi sobiq jahon chempioni Isroil Madrimov tashkilot reytingida oʻtgan oydagidan uch pogʻona yuqorilab, yettinchi oʻrindan joy oldi.

Ayni paytda WBO chempionlik kamari amerikalik Sebastyan Fundoraga tegishli boʻlib turibdi.

WBOning dekabr oyi uchun yangilangan reytingi quyidagicha koʻrinishga ega:

1. Xander Zayas

2. Charlz Konvell

3. Josh Kelli

4. Xorxe Garsiya

5. Cherdal Buker

6. Areal Xolms

7. Isroil Madrimov

8. Sergey Bogachuk

9. Nikita Szyu

10. Xesus Ramos.