Yosh qilichbozlarimiz Kolumbiyada oʻtgan sablya boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Jahon kubogi bosqichini yuqori notada yakunlashdi.
Quvonarlisi, jamoaviy dasturda ham hamyurtlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etib, oltin medallarga egalik qildilar.
Finalda meksikalik tengqurlarini 45:20, yigitlarimiz esa mezbonlarni 45:28 hisoblarida magʻlubiyatga uchratishdi. Shu tariqa, yakkalik bahslari bilan hisoblaganda yurtdoshlarimiz ushbu musobaqani 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan yakunlashdi.