Yaponiya tibbiyot markazlari uchun grant ajratdi

Yaponiya tibbiyot markazlari uchun grant ajratdi

10.01.2025 00:00 O'zbekiston 5

d857f2cda137157adb7e85acc88d6873

Sog‘liqni saqlash vazirligida Yaponiyaning O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Xatori Takashi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda ikki tomonlama hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda istiqboldagi rejalar haqida so‘z bordi.

Yaponiya O‘zbekistonning ishonchli hamkori bo‘lib, kunchiqar mamlakat hukumati ko‘magida yurtimiz tibbiyot muassasalarini zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish, kadrlar tayyorlash kabi yo‘nalishlarda qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov Yaponiya tomonidan mamlakatimiz uchun taqdim etilgan zamonaviy diagnostika uskunalari bilan jihozlangan maxsus tibbiy konteynerlar olis hududlarda yashovchi yurtdoshlarimizni ham zamonaviy tibbiy xizmatlar bilan qamrab olish imkonini berayotganligini bildirdi.

Yaponiyaning “Sojitz” korporatsiyasi bilan hamkorlikda joriy yilda davlat-xususiy sheriklik asosida Samarqand shahrida 800 o‘rinli klinikaning qurilishi boshlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu Samarqand viloyati aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash imkonini beradi.

Ushbu davlatning bir qancha tibbiyot oliygohlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, qo‘shma taʼlim dasturlari asosida tibbiyot mutaxassislari tayyorlanmoqda. Uchrashuvda tibbiy taʼlim sohasidagi o‘zaro aloqalarni yana-da kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.