Prezidenti rasmiy tashrif bilan Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘ladi

Prezidenti rasmiy tashrif bilan Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘ladi

11.01.2025 00:00 O'zbekiston 4

Mirziyoyev,jo'nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning taklifiga binoan 13-16-yanvar kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga boradi

Tashrif doirasida Abu-Dabi va Dubay shaharlarida uchrashuv va tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Prezident Amirliklar poytaxtida Prezident Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi, mamlakatning yetakchi davlat tashkilotlari, kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashadi, shuningdek, "Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi" xalqaro sammitida ishtirok etadi.

Dubay shahrida Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum bilan uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tashrif kun tartibidan O‘zbekiston-BAA do‘stlik va ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, investitsiyalar, "yashil" energetika, infratuzilma, raqamlashtirish, sun’iy intellekt, innovatsion rivojlanish, turizm va boshqa ko‘plab ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan. Madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari ham ko‘rib chiqiladi.