Dunyodagi eng kuchli armiyalar reytingi e‘lon qilindi

Dunyodagi eng kuchli armiyalar reytingi e‘lon qilindi

11.01.2025 00:00 O'zbekiston 15

armiya

O‘zbekiston armiyasi dunyoning eng kuchli armiyalari reytingida 145 mamlakat ichida 58-o‘rinni egalladi. Bu haqda Global Firepower sayti xabar berdi.

O‘zbekiston mazkur natija bilan o‘tgan yilgi ko‘rsatkichidan 7 pog‘ona yuqorilagan.

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasidan esa Qozog‘iston 57 (o‘tgan yili 58), Turkmaniston 77 (83), Qirg‘iziston 105 (100), Tojikiston 108 (107) o‘rinni egallagan.

Reytingdagi kuchli o‘nlikdan AQSH, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Yaponiya, Turkiya va Italiya armiyalari o‘rin olgan.