Andijon viloyatining Xoʻjaobod tumanida yangi GES quriladi

Andijon viloyatining Xoʻjaobod tumanida yangi GES quriladi

13.01.2025 00:00 O'zbekiston 5

Respublikamizda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan elektr energiyasi taʼminotidagi uzluksizlikni yoʻlga qoʻyish, isteʼmolchilarga sifatli xizmat koʻrsatish, buning uchun gidroenergetika sohasini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

7015f3fc26f924b619e13bf992c383950113

Foto: xs.uz

— Xoʻjaobod tumanidagi “Ipakchi” MFY hududidan oqib oʻtuvchi «Katta Fargʻona” kanali boʻyida “XJY POWER PTE ANDIJAN” MCHJ tomonidan qiymati 5 mln. AQSH dollariga teng gidroelektr stansiyasi qurilishi ishlari davom etyapti, — degan viloyat hokimligi xodimi Rustamjon Eshonov. — Xorijiy investorlar ishtirokidagi ushbu loyiha foydalanishga topshirilgach, bir yilda 1,8 MVt elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Bu bilan nafaqat, aholining balki, ijtimoiy-iqtisodiy soha obyektlarining ham elektr taʼminotiga boʻlgan ehtiyoji toʻliq qondiriladi.

Bunday istiqbolli loyihalarga viloyatning boshqa hududlarida ham kirishilgan. Kelgusida 536 ta GES, mikro GESlar qurilishi rejalashtirilgan.