O‘zbekistondan uchgan samolyotning dvigateli ishdan chiqdi

O‘zbekistondan uchgan samolyotning dvigateli ishdan chiqdi

16.01.2025 00:00 O'zbekiston 5

2025-yil 15-yanvar kuni Buxoro – Moskva (Vnukovo) yoʻnalishidagi HY9607 aviaqatnovi belgilangan aeroportga qoʻnayotganda dvigatellardan biri ishdan chiqdi. Bu haqida “Uzbekistan Airways”ga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

ef2434fa70b94efdfab63ff320cfcda90115

Foto: xs.uz

Maʼlum qilinishicha, aviakompaniya ekipaji tomonidan tegishli protseduralar bajarilgan va samolyotni belgilangan aeroportga qoʻndirishga qaror qilingan. Samolyot dvigatelida kuzatilgan nosozlik holatiga qaramasdan qoʻnish muvaffaqiyatli amalga oshirilgan.

Maʼlum qilinishicha, havo kemasi bortida 132 nafar yoʻlovchi boʻlgan.

“Uzbekistan Airways” texnik xizmatlari tomonidan barcha tiklash ishlari olib borilmoqda. Amaldagi parvozlar jadvalida rejalashtirilgan keyingi aviaqatnovlar Vnukovo xalqaro aeroportiga uchib ketgan zaxira havo kemasida amalga oshiriladi, deyiladi xabarda.