O‘zbekiston Prezidenti BAA Vitse-prezidenti, Bosh vaziri bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti BAA Vitse-prezidenti, Bosh vaziri bilan uchrashdi

16.01.2025 00:00 O'zbekiston 5

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasida 15-yanvar kuni Dubay shahrida BAA Vitse-prezidenti, Bosh vaziri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum bilan muzokara o‘tkazdi.

a48a4188-9c0d-da81-a102-305135e83cb2_lists_slider_7823

Foto: president.uz

Uchrashuvda bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar samarali bo‘lgani hamda O‘zbekiston-BAA munosabatlarini strategik sheriklik darajasiga ko‘targani yuqori baholandi.

Davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish va boshqaruv kadrlarini tayyorlash kabi sohalarda faol muloqotlar va samarali hamkorlik olib borilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Yuqori texnologiyalar, raqamlashtirish, infratuzilmani rivojlantirish va boshqa istiqbolli yo‘nalishlarda yangi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga kelishib olindi.

BAAdagi sheriklar bilan O‘zbekistonda sun’iy intellekt sohasida yaqindan hamkorlik qilishdan manfaatdorlik bildirildi.

Dubayning ilg‘or yechimlarini shaharsozlik sohasiga, jumladan, Yangi Toshkentda zamonaviy infratuzilmani yaratish doirasida joriy etishga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar faol muloqotni davom ettirish va amaliy sheriklikning barcha yo‘nalishlarida keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.