Oʻzbekiston fuqarolari Turkiyada qoʻlbola aroqdan zaharlanib vafot etdi

Oʻzbekiston fuqarolari Turkiyada qoʻlbola aroqdan zaharlanib vafot etdi

16.01.2025 00:00 O'zbekiston 5

Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabariga koʻra, 15-yanvar sanasida 4 nafar oʻzbekistonlik aroqdan zaharlanib hayotdan koʻz yumgan. "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabariga ko‘ra, ularning barchasi erkak kishi boʻlgan.

48240d70-11a1-42ff-a054-073d4c505a5c_F

Foto: internet

Bosh konsulxona diplomatlari ushbu holat yuzasidan Istanbul sogʻliqni saqlash, sud-tibbiy ekspertiza boshqarmasi hamda huquqni muhofaza qilish organlari bilan doimiy aloqa oʻrnatdi.

Fuqarolarga ehtiyot choralarini koʻrish, shaxsiy xavfsizlikka rioya qilish hamda zarurat tugʻilgan hollarda Bosh konsulxonaga murojaat qilish tavsiya etiladi.