Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi ishdan ketdi

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi ishdan ketdi

22.01.2025 00:00 O'zbekiston 7

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar sababli Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan tuzilgan shartnomani oʻzaro rozilik bilan bekor qilishga qaror qildi. Bu haqda assotsiatsiya matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, Sloveniyalik murabbiy oʻz murojaatida hozirgi holatida vazifalarini toʻlaqonli, professional tarzda bajara olmasligini afsus bilan qayd etdi. Doimiy qoʻllab-quvvatlagani va samarali hamkorlik uchun assotsiatsiyaga oʻz minnatdorchiligini bildirdi. Terma jamoamizga Jahon chempionati saralash bahslarida omad tilagan.

photo_2025-01-22_11-54-05

Oʻz navbatida, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Srechko Katanesga terma jamoamiz boshqaruvidagi mehnatlarini uchun minnatdorchilik bildiradi. Salomatligini tiklab, murabbiylik faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirishini tilaydi. 

OʻFA hamda Srechko Katanes oʻrtasidagi shartnoma oʻzaro doʻstona munosabatlarni saqlagan holda bekor qilindi. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi lavozimiga munosib nomzod tayinlash borasida ish olib bormoqda.