Avtomashinadan 2 894 quti noqonuniy tamaki mahsulotlari topildi

Avtomashinadan 2 894 quti noqonuniy tamaki mahsulotlari topildi

22.01.2025 00:00 O'zbekiston 6

Noqonuniy tamaki savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxsning avtomashinasidan 2 894 quti tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olindi.

photo_2025-01-22_12-34-15

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi, DXX va Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan A.T. va boshqalar “Gentra” rusumli avtomashinasida xorijda ishlab chiqarilgan O‘zbekiston Respublikasi aksiz markasi bilan yelimlanmagan umumiy bahosi 174,1 mln so‘mlik jami 2 894 quti tamaki mahsulotini Toshkent shaharida o‘tkazish maqsadida olib kelganliklari aniqlanib, ushbu tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.