Toshkent — Xo‘jakent elektropoyezdi qatnaydigan yo‘l Chinorkentgacha uzaytirildi

Toshkent — Xo‘jakent elektropoyezdi qatnaydigan yo‘l Chinorkentgacha uzaytirildi

23.01.2025 00:00 O'zbekiston 9

poyezd

2024-yil dekabr oyida Toshkentdan Xo‘jakentga yangi elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Xo‘jakentdan Chinorkentgacha 1,5 km masofaga temir yo‘l qurildi, shuningdek, “Chinorkent” temir yo‘l bekati qurib bitkazildi hamda 22-yanvar kuni foydalanishga topshirildi.

Bu yerda 150 m uzunlikda perron hamda soyabon qurilib, imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar uchun sirg‘anishga qarshi plitalar o‘rnatildi hamda yo‘lovchilar uchun yer osti tunneli barpo etildi.