Andijon viloyati hokimiga oʻrinbosar tayinlandi

Andijon viloyati hokimiga oʻrinbosar tayinlandi

24.01.2025 00:00 O'zbekiston 6

Rahimov Ulug‘bek Odashevich Andijon viloyat hokimining qishloq va  suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi  etib tayinlandi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

e9c784acf4d5ace9b438a707cc65959a0124

Foto: Andijon viloyati hokimligi

Qayd etilishicha, U. O. Rahimov 1971 yili Paxtaobod tumanida tug‘ilgan. Namangan sanoat-texnologiya instituti va republika Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida taxsil olgan. 
Xizmat faoliyatini 1994 yili O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Paxtaobod tumani qo‘mitasida boshlagan. 2000 yildan to shu kunga qadar qishloq xo‘jaligi sohasining turli yo‘nalishlarida samarali xizmat qilib kelmoqda. 

Tayinlovga qadar Andijon viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha kotibiyati mudiri vazifasida faoliyat olib borgan.