Toshkent tumanidagi “Navoiy” — “Qoplonbek” chegara bojxona posti qayta ochildi

Toshkent tumanidagi “Navoiy” — “Qoplonbek” chegara bojxona posti qayta ochildi

28.01.2025 00:00 O'zbekiston 23

27-yanvardan boshlab Toshkent viloyati Toshkent tumanida joylashgan “Navoiy” chegara bojxona posti (“Zangiota” chegara oʻtkazish punkti) sinov rejimida ish boshladi. Bu haqda Bojxona qoʻmitasi matbuot xizmatiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

d42d9e5dc2bb5c0083f92e4ea03345110128

Qayd etilishicha, yangi postda fuqarolar uchun qulay zallar, yengil avtomobillar va avtobuslar uchun alohida yoʻlaklar tashkil etilgan. Shuningdek, bir vaqtning oʻzida 500 dan ortiq yengil avtomobillar va 100 dan ziyod avtobuslarni qabul qilish imkoniyatiga ega avtoturargoh qurilgan. Unda xalqaro yoʻnalishda harakatlanayotgan avtobus va yengil avtotransport vositalari, shuningdek, mahalliy yoʻnalishdagi jamoat transportlari hamda taksi xizmatlari yoʻlga qoʻyildi.

Avtoturargohda transport vositalari uchun kutish joylari, tez tayyor ovqatlanish shoxobchalari, kafe va boshqa xizmatlar yoʻlga qoʻyilib, xalqaro yoʻnalishdagi transportlar uchun elektron navbat tizimi joriy etilishi koʻzda tutilgan.

Taʼkidlash joiz, oʻzbek-qozoq chegarasidagi “Navoiy” — “Qoplonbek” avtoyoʻl oʻtkazish punkti 2022-yilning noyabrida yopilgandi.