Tadbirkorning 15 mln so‘mini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Tadbirkorning 15 mln so‘mini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

29.01.2025 00:00 O'zbekiston 6

Buxoro viloyatida tadbirkorning 15 mln so‘mini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari ushlandi

photo_2025-01-27_11-54-46

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “B.S.T.” AJ abonentlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari A.R. YATT A.X.ga tegishli binoda ichimlik suvidan foydalanishning qonuniyligi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazib, ish boshqaruvchi O.Z.ga bu haqda tuzilgan dalolatnoma bo‘yicha 15 mln so‘m zarar hisoblanishini aytib uni aldab, tadbir jarayonida O.Z.dan 14,9 mln so‘m pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.