O‘zbekistonda qariyb 10 million yoʻlovchi temir yoʻl transportidan foydalangan

O‘zbekistonda qariyb 10 million yoʻlovchi temir yoʻl transportidan foydalangan

29.01.2025 00:00 O'zbekiston 6

2024-yilning yanvar-dekabr oylarida temir yoʻl transportidan 9 million 803,6 ming yoʻlovchi foydalangan. Bu haqida Statistika agentligiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

7d82afd8c5d2dba66978b888a94e31010129

Foto: xs.uz

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 177,1 ming yoʻlovchiga koʻpaygan. Shu tariqa, oʻsish surati 101,8 foizni tashkil qildi.

Qayd etish joizki, temiryoʻl transportidan foydalanuvchi yoʻlovchilar soni soʻnggi 4-yilda muntazam oshib borganligini koʻrish mumkin.

Jumladan, 2020-yilda 6 million 155,3 ming, 2021-yilda 7 million 949,4 ming, 2022-yilda 9 million, 2023-yilda 9 million 626,5 ming nafar yoʻlovchi manziliga yetib olish maqsadida temir yoʻl transportini tanlagan.