Noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosi fosh etildi

Noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosi fosh etildi

29.01.2025 00:00 O'zbekiston 6

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahri bo‘limi va soliq inspeksiyasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro F.Ya. “Birlik” MFY hududidagi savdo do‘konida tegishli hujjatlari mavjud bo‘lmagan 162,8 mln so‘mlik 24 turdagi jami 2 467 quti tamaki mahsulotlarini sotuvga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan. 

cdf9ad0d9f5e48955004ac0f45c781eb0129

Shu kabi, Departamentning Beshariq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “B.Z.” MCHJ rahbari A.Q. “Xamid Olimjon” MFY hudidagi savdo do‘konida xorijda ishlab chiqarilgan, aksiz markasiz va tegishli hujjatlari mavjud bo‘lmagan turli nomdagi 4 372 quti 61,7 mln so‘mlik tamaki mahsulotlari sotuvga qo‘yilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentning Mirobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.S. fuqaro I.A.ga 2 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotini 100 ming so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan ushlanib, uning yonidan o‘tkazish maqsadida olib kelgan 76 turdagi 2 458 quti tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.