Samarqand viloyati, Payariq tumanidagi Goʻzal mahallasida “Tez tibbiy yordam” binosi foydalanishga topshirildi. Mazkur yangi obyekt “Tashabbusli byudjet” loyihasi asosida 1 milliard 100 million soʻm mablagʻ evaziga qurib bitkazildi. Bu hadqa "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Foto: xs.uz
Samarqand tumanida ham “Tez tibbiy yordam stansiyasi” oʻz faoliyatini boshladi. Ushbu obyektda ham “Tashabbusli byudjet” loyihasi asosida 1 milliard 350 million soʻm mablagʻ evaziga barcha sharoitlar yaratildi.
Bugungi kunda 9 ta shoxobchadan tashkil topgan tuman “Tez tibbiy yordam stansiyasi” 272 ming aholiga tibbiy xizmat koʻrsatib kelmoqda. Bunda 22 ta guruh boʻlib, shundan 16 ta vrachlik posti, 5 ta feldsherlik posti va 1 ta maxsus psixiatrik boʻlimlari mavjud.
Mazkur yangi obyektlarning ochilish marosimida Sogʻliqni saqlash vazirligi va viloyat boshqarmasi masʼullari, tuman hokimliklari, sektor rahbarlari hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi. Ishtirokchilar yangi binolarda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.