Toshkentda qiymati 10 mlrd soʻmlik giyohvandlik vositalari boʻlgan “narkolaboratoriya” fosh etildi

Toshkentda qiymati 10 mlrd soʻmlik giyohvandlik vositalari boʻlgan “narkolaboratoriya” fosh etildi

01.02.2025 00:00 O'zbekiston 5

Toshkent shahriga kuchli taʼsir qiluvchi psixofaol dori vositalarini yetkazib beruvchi yirik “narkolaboratoriya” faoliyatiga chek qoʻyildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB matbuot kotibiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

76de8d9cdaf4c5429201f9cf60d6a0d90201

Foto: xs.uz

Qayd etilishicha, Toshkent viloyati IIBB va DXX viloyat boshqarmasi hamkorligida poytaxtning Shayxontohur tumanida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Tadbir davomida huquq tartibot organlari xodimlari tomonidan 80 mingdan ortiq odamni zaharlashi mumkin boʻlgan, qora bozordagi qiymati 10 milliard soʻmga teng, giyohvandlik vositalari va kuchli taʼsir qiluvchi dorilar ishlab chiqarilishining oldi olingan.