Kelgusi hafta uchun ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi

Kelgusi hafta uchun ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi

01.02.2025 00:00 O'zbekiston 6

“Oʻzgidromet” 3-5-fevral kunlari Oʻzbekistonda kutilayotgan ob-havo prognozini eʼlon qildi.

009de6374db8b682744c586e96aea5c10201

Foto: xs.uz

Unga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3-4-fevralda 3-8 daraja iliq, 5-fevralda 5-10 daraja iliq boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida harorat 3-4-fevralda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 5-fevralda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi. Navoiy viloyatining shimolida harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-4-fevralda 3-8 daraja iliq, 5-fevralda 5-10 daraja iliq boʻladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida harorat 3-4-fevralda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq, 5-fevralda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida harorat 3-4-fevralda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 5-fevralda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida harorat 3-fevralda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq, 4-fevralda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq, 5-fevralda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.

Respublikaning togʻgli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.