Shavkat Mirziyoyev Malayziyaga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Malayziyaga jo‘nab ketdi

04.02.2025 00:00 O'zbekiston 5

Mirziyoyev,jo'nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohimning taklifiga binoan 4-fevral kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Tashrif dasturiga muvofiq, Kuala-Lumpur shahrida oliy darajadagi muzokaralar, qator ishbilarmonlik va madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tadi. Bosh vazir Anvar Ibrohim bilan ikki tomonlama muzokaralar, Malayziyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar, qo‘shma biznes forumi va boshqa tadbirlarda ko‘zda tutilgan.

Bo‘lajak oliy darajadagi muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston—Malayziya do‘stlik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda amaliy hamkorlikni, shu jumladan, savdo, investitsiyalar, innovatsiyalar, texnologik kooperatsiya, neft-kimyo, elektronika, “yashil” energetika, “aqlli” qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqa ko‘plab ustuvor yo‘nalishlarda kengaytirish masalalari o‘rin olgan. Madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.

 

 

]