Afg‘on uchuvchilari O‘zbekistonga olib o‘tgan vertolyotlarning bir qismi AQSHga qaytarilgan

Afg‘on uchuvchilari O‘zbekistonga olib o‘tgan vertolyotlarning bir qismi AQSHga qaytarilgan

05.02.2025 00:00 O'zbekiston 5

photo_2025-02-04_16-56-56-VdWEHEu9

Furqat Sidiqov O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasida

Qo‘shma Shtatlar “Tolibon” hokimiyatga kelgan vaqti afg‘on uchuvchilari tomonidan O‘zbekistonga olib o‘tilgan vertolyotlarning bir qismini qaytardi. Bu haqda “Amerika ovozi” telekanali O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasida o‘tgan tadbirda qatnashgan Pentagon rasmiylariga tayanib xabar berdi.

“Tolibon”dan qochgan afg‘on uchuvchilari O‘zbekistonga olib o‘tgan Amerika samolyot va vertolyotlarining aksariyat qismi respublikaga berilgan. Pentagon yaroqli deb topgan texnik vositalardan yettitasi – Black Hawk vertolyotlari hozirda AQSHga qaytarilgan, deya ma’lum qildi telekanal muxbiri Navbahor Imamova.

Tadbirda, shuningdek O‘zbekistonning AQSH va Kanadadagi elchisi Furqat Sidiqov so‘zga chiqib, Toshkent Vashington bilan har sohada hamkorlikni oshirishga tayyorligini ma‘lum qildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston hukumati ikki davlat xavfsizlik tizimlari va qurolli kuchlari o‘rtasidagi hamkorlikni qadrlashi ta’kidlangan.