Qishki cho‘qqilar sari olg‘a

Qishki cho‘qqilar sari olg‘a

06.02.2025 00:00 O'zbekiston 5

Joriy yilning 7-14-fevral kunlari Xitoyning Xarbin shahrida IX qishki Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. 
Musobaqada 34 ta mamlakatdan jami 1275 nafar sportchi ishtirok etadi.

“Osiyoda qishki orzu va muhabbat” shiori ostida tashkil qilingan Osiyo o‘yinlarining belgilari Sibir yo‘lbarslari Bingbing va Nini sanaladi. 

1708410594


Xarbin shahriga O‘zbekiston delegatsiyasi o‘z tarixidagi eng katta tarkib bilan borgan. Bu o‘yinlarda mamlakatimiz sharafini 6 sport turida 24 nafar atlet himoya qilishi kutilmoqda.

ipaknews.uz tahririyati musobaqa boshlanishi arafasida Xarbin shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston MOQ matbuot xizmati vakili Nurali Yuldashev bilan intervyu tashkil qildi.

photo_2025-02-05_20-50-08

Nurali, terma jamoamizning tayergarlik jarayoni qanday bo‘ldi, O‘zbekistonda kishgi sport turlarining rivojlanish istiqbollari  kanday?

Xarbin-2025 qishgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan barcha sportchilarimizning tayyorgarligi a’lo darajada o‘tdi. Davlatimizning qo‘llab quvvatlashi bilan O‘zbekiston sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Qishki sport turlari assosiatsiyasi hamjihatlikda ishlab terma jamoalarimizning murabbiylar shtabi ishlab chiqqan reja asosida tayyorgarlik ko‘rishlari uchun zamin yaratib berildi. Albatta bunda barcha terma jamoalarimizda xorijda o‘quv yig‘inini o‘tkazishga ehtiyoj bo‘lmadi. Ya’ni yurtimizda mavjud infratuzilma, ayniqsa "Humo arena" yoki "Alpomish" muz saroylarining ishga tushishi muz ustida kechadigan sport turlari, hususan, figurali uchuvchilarimizning tayyorgarlik ko‘rishlarida yordam berdi. Dmitriy Chigirev va Yekaterina Geynish tayyorgarlikning bir qismini "Humo arena"da o‘tkazishdi. Niginabonu Jamoliddinova ham musobaqaga tayyorgarlikni Toshkentda o‘tkazdi. O‘ylaymizki, kelgusida ham sportchilarimiz jahon musobaqalariga mamlakatimizda mavjud infratuzilma orqali  tayyorgarlikni ko‘ra olishadi. 


O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari uchun bu musobaqa qay darajada tajriba bo‘lib xizmat qilishi mumkin ?  

Bir yildan keyin Milan-Kortina-2026 25-qishki Olimpiya o‘yinlari start oladi. Xarbin-2025 qishgi Osiyo o‘yinlari sportchilarimizni qishgi Olimpiadaga olib borayotgan tayyorgarligini ularning imkoniyatlarini saralab olishga imkoniyat yaratadi. O‘ylaymizki, nasib qilsa ular qo‘lga kiritadigan medallar O‘zbekistonda nafaqat yozgi balki qishgi sport turlari ham rivojlanayotganini ko‘rsatadi.

Xarbin shahrida Xitoyda kishgi sport turlari uchun yaratilgan imkoniyatlarni qanday baholaysiz?

Albatta hozircha Xarbindagi barcha sport ob’yektlarini borib ko‘zdan kechirib ulgurganimiz yo‘q.  Bu ishni Osiyo olimpiya kengashi, Xalqaro sport federatsiyalarining ekspertlari allaqachon musobaqaga tayyorgarlik jarayonini ko‘zdan kechirib bo‘lishgan. Ya’ni xalqaro darajadagi ekspertlar  ob’yektlarni tayyorgarligidan xabardorlar. Ular ushbu shahar ayni musobaqani o‘tkazishga tayyorligini bildirishgandan so‘ng Osiyo o‘yinlari boshlandi. Demak, Xarbin shahrida hozirda bu kabi musobaqalarni o‘tkazish uchun juda ham ajoyib imkoniyat mavjud.


Xitoy to‘g‘risidagi taassurotlar bilan o‘rtoqlashsangiz.

Shaxsan o‘zim Xitoyda uchinchi marta bo‘lishim. Pekin-2022 Olimpiya o‘yinlari, Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlarida bo‘lganman. Bu esa men uchun yangi musobaqa. Delegatsiya matbuot kotibi sifatida faoliyat olib bormoqdaman. O‘zimni misolimda aytadigan bo‘lsam Xitoy tashkiliy ishlar bo‘yicha uchinchi marotaba ham mehmonlarni qoyil qoldirishni uddalamoqda. Eng kichik detallargacha barcha yo‘nalishda professional yondashilgan. Bu volontyorlarni jalb qilish, transport tizimi, mehmonlar yashaydigan mehmonxonalarda yaratilgan sharoitlar barcha-barchasi a’lo darajada yo‘lga qo‘yilgan. Hattoki volontyor ham ma’lum yo‘nalishda mutaxassislikka ega bo‘lgan inson. Ya’ni ularni o‘z qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda taqsimlashgan. Bu esa nafaqat delegatsiyalarga, balki xalqaro federatsiyalardan tashrif buyurgan boshqa texnik vakillarga jarayonni tezroq va yuqori saviyada o‘tkazishga yordam beradi. Xitoyning mana shu jihatlaridan ko‘p komleks musobaqalarni o‘tkazadigan davlatlar o‘rnak olsa arziydi.

photo_2025-02-06_10-37-49

photo_2025-02-06_10-37-50

photo_2025-02-06_10-37-52

Foto: OlympicUz

Eslatib o‘tamiz, 9 qishki Osiyo o‘yinlari 7 fevral kunidan 14 fevralga qadar tashkil qilinishi ko‘zda tutilgan.