Malayziya aviakompaniyasiga Oʻzbekistonga muntazam parvozlar uchun ruxsat berildi

Malayziya aviakompaniyasiga Oʻzbekistonga muntazam parvozlar uchun ruxsat berildi

07.02.2025 00:00 O'zbekiston 5

“Oʻzaviatsiya” agentligi Malayziya, Janubiy Koreya va Misr aviakompaniyalarining Oʻzbekistonga muntazam parvozlariga ruxsat berdi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

b4761619476aceddffcbd1566713be260207

Qayd etilishicha, Malayziyaning “Air Asia X Berhad” aviakompaniyasiga Kuala-Lumpur—Toshkent—Kuala-Lumpur yoʻnalishida muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirishga ruxsat berildi. Parvozlar Airbus A330 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, Janubiy Koreyaning “Tʼway Air” aviakompaniyasiga Seul—Toshkent—Seul yoʻnalishida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishga ruxsat olgan. Ushbu parvozlar ham Airbus A330 havo kemasida yoʻlga qoʻyiladi.

Shuningdek Misrning “Red Sea Airlines” aviakompaniyasiga Sharm-ash-Shayx—Toshkent—Sharm-ash-Shayx yoʻnalishida muntazam aviaqatnovlar uchun ruxsat berildi. Parvozlar Voeing 737 samolyotlarida amalga oshiriladi.