Xitoy elchisi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi bilan muzokaralar o‘tkazdi

Xitoy elchisi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi bilan muzokaralar o‘tkazdi

08.02.2025 00:00 O'zbekiston 5

Joriy yil 6 fevral kuni Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova Xitoyning O‘zbekistondagi Elchisi Yuy Szyunni qabul qildi.

posol_vstrecha_v_mid

Foto: TIV matbuot xizmati

Uchrashuvda o‘tgan 2024 yilda ikki davlat o‘rtasida samarali va salmoqli hamkorlik amalga oshirilgani taʼkidlandi.

Shuningdek, joriy yilda kun tartibida turgan asosiy masalalar hamda kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, taʼlim, grantlar va o‘zaro almashinuvlar muhokama qilindi.

Shuningdek, ayollar faolligini oshirish borasida Xitoy Ayollar federatsiyasi bilan hamkorlikni kengaytirishga, bu borada ikki tomonlama forum va seminarlar tashkil etishga tayyor ekanligi maʼlum qilindi.