Para velosportchilarimiz Osiyoda yetakchilikka erishdi

Para velosportchilarimiz Osiyoda yetakchilikka erishdi

11.02.2025 00:00 O'zbekiston 4

photo_2025-02-11_15-37-44

Tailandda para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 12 ta oltin, 9 ta kumush va 5 ta bronza, jami 26 ta medalga sazovor bo‘lib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rindan joy oldi

Chempionatda Aziz Otaxo‘jayev, Marjona Pardaboyeva, Odina Hamdamova, Ruxshona Yoqubova, Aziza Qosimova, Bunyod Hayitmuhammedov, Og‘abek Xudoyberganov va Fotima Saipova o‘z yo‘nalishlarida oltin medalga ega chiqdi.  

  Zarifa Mo‘minova, Bahodir Odinayev, Shahnoza Hakimova, Jasur Ilhomov, Marjona Pardaboyeva, Fotima Haydarova kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Saidjabbor Dadaxonov, Jasur Ilhomov, Bunyod Hayitmuhammedov va To‘lqin Ravshanov  bronza medali bilan taqdirlandi.