Endilikda «Afrosiyob» poyezdi Kattaqo‘rg‘onda to‘xtab o‘tadi

Endilikda «Afrosiyob» poyezdi Kattaqo‘rg‘onda to‘xtab o‘tadi

11.02.2025 00:00 O'zbekiston 6

Afrosiyob

10 fevral kunidan boshlab Toshkentdan Buxoroga qatnovchi «Afrosiyob» elektropoyezdi Kattaqo‘rg‘on punktiga ham to‘xtab o‘tishni boshladi.

2025 yil 10 fevral kunidan 768/767-sonli Toshkent—Buxoro—Toshkent yo‘nalishidagi yuqori tezlikdagi «Afrosiyob» elektropoyezdi Kattaqo‘rg‘on punktiga to‘xtab o‘tishni boshladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

«Kattaqo‘rg‘on bekatida ilk yo‘lovchilar tantanali ravishda kutib olindi», — deyiladi xabarda.